Moskvada 11 yurtdoshi ustiga mashina haydagan shaxs hibsga olindi (VIDEO)
![Moskvada 11 yurtdoshi ustiga mashina haydagan shaxs hibsga olindi (VIDEO)](https://gdb.rferl.org/E012AEFB-891F-48C1-BFD5-1A794834D59B_cx0_cy5_cw0_w800_h450.jpg)
Moskvaning Kuzminskiy tuman sudi asli qirg‘izistonlik 20 yashar taksichi Bekjan Sarbishevni 8 noyabrga qadar hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Rossiya grajdanligini olgan Bekjan 9 sentabr kuni tongda 11 kishini o‘z mashinasida qasddan bosib ketganlikda ayblanmoqda.