Добавить новость
World News



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Yangi tartibdagi QQS joriy etilishi ortidan do‘kon peshtaxtalarida mahsulot kamaydi

2019 yilning 1 yanvaridan  O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatga olib kirilayotgan tovarlarga solinadigan qo‘shimcha qiymat solig‘i - QQSning yangi tartibi joriy etildi.


O‘zbekistonlik iste’molchilarga ko‘ra¸ buning ortidan ayrim hududlarda narx-navo oshib, do‘kon peshtaxtalaridan ba’zi mahsulotlar g‘oyib bo‘lgan.


Ijtimoiy tarmoqda qo‘yilgan suratlarda¸ xususan¸  "Korzinka" tarmog‘i do‘konlari peshtaxtalarining bo‘shab qolgani ko‘riladi.


Ozodlik suhbatlashgan oddiy iste’molchilar va tadbirkorlar 1 yanvardan joriy etilgan yangi soliq yukini o‘z yelkalarida his eta boshlaganliklarini ta’kidladilar.


Prezident Shavkat Mirziyoev 2018 yil iyunida imzolagan "O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida"gi farmoniga binoan 2019 yil 1 yanvardan boshlab, yillik oboroti 1 milliard so‘mdan oshgan yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lay boshladi.


Garchi hukumat rasmiylari QQS yangi tartibining joriy etilishi narx-navo oshishiga olib kelmasligini aytayotgan bo‘lsa-da, do‘konlardagi vaziyat o‘zgacha.


- Do‘konlar bo‘shab qolgan. Mahsulotga eng boy "Korzinka" do‘koni peshtaxtalari ham bo‘shab qolgan. Kolbasa, sirlarning xil-xili bo‘lar edi. Hozir shu kolbasalar turgan prilavkalar bo‘m-bo‘sh,  - deydi ismini aytishni istamagan andijonlik iste’molchi.




Ijtimoiy tarmoqda qo‘yilgan bo‘sh peshtaxtalar suratlarining  ham  “Korzinka” tarmog‘i do‘konlariga oid ekani aytilmoqda.




“Korzinka” do‘konlar tarmog‘ining savdo-sotiq bo‘yicha mas’ul rahbarlaridan biri Ozodlikka peshtaxtalardagi mahsulotlarning 1 yanvardan kamaygani haqidagi xabarlarni inkor etdi.


- Bizda QQS bilan bog‘liq hech qanaqa muammo yo‘q. Hozir majlisga shoshilayapman, lekin muammo yo‘q, - deya gapni qisqa qildi "Korzinka" menejeri.


"Korzinka" do‘konlar tarmog‘i bosh direktori Zafar Hoshimov esa Ozodlikning Telegram tarmog‘i orqali yuborgan savollariga umuman javob bermadi.


Davlat soliq qo‘mitasining QQS bo‘yicha savollarga javob berishi kerak bo‘lgan rasmiysi Ozodlikka yangi yildan qo‘shimcha qiymat solig‘ining yangi tartibi joriy etilishi ortidan ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga soliq yuki oshganini rad etdi.


Ayni paytda mulozim soliq tizimidagi o‘zgarishlarning do‘kon peshtaxtalaridagi mahsulotlarning yo‘qolib qolishi bilan qanchalik bog‘ligigi haqidagi savolga javob berishdan o‘zini olib qochdi. 




Ishlab chiqaruvchilar bilan kelishish qiyin bo‘layapti


Toshkentdagi "Baraka" oziq-ovqat do‘koni ish yurituvchilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda QQS sabab ishlab chiqaruvchilar bilan narxni kelishish qiyin bo‘layotganini ta’kidladi:


- Agar ishlab chiqaruvchi QQS to‘lamasa¸ biz narxning ustiga 20 foiz QQS qo‘yishimizga to‘g‘ri keladi. Unda hech kim olmaydi. Ishlab chiqaruvchiga 20 foizlik QQS og‘irlik qilayapti. Soliq yuki ortganidan so‘ng sotib olinayotgan mahsulotlar qimmat bo‘lib ketayapti-da, shuning uchun prilavkalar bo‘shab qolgan, - dedi Toshkentdagi “Baraka” oziq-ovqat do‘konining ish yurituvchisi.


Ayrim do‘kondorlar esa soliqlar oshgani sabab biznesini yopishdan boshqa chorasi qolmayotganini aytadi:


- Bu yerda faqat QQS emas¸ boshqa soliqlar ham bor. Yangi yildan yer solig‘i, suv solig‘i, mulk soliqlari kiritildi. Yana ijarada turgan joyi uchun ham yer solig‘i to‘lanishi aytilayapti. Oldin yagona soliq to‘lab kelganmiz, boshqa soliq yo‘q edi. Hozir ko‘plab tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatishi mumkin, foyda bo‘lmayapti, biz ham shuni o‘ylab turibmiz, - deydi Samarqanddagi “Sharshara” do‘koni egasi Ma’ruf Safarov.


"Biznes shokda"


Toshkentdagi Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori Yuliy Yusupov Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston hukumatining shoshma-shosharlik bilan QQS yangi tartibini joriy etishi ortidan bozorda shok holati yuzaga kelganini aytadi:


- Afsuski, hukumatning aybi deb QQSning yangi tartibiga o‘tishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilmadi. Bu bozordagi alg‘ov-dalg‘ovga sabab bo‘lmoqda. Ishlab chiqaruvchilar soliq yuki ortganidan so‘ng nima qilishni bilmayapti.  Biznes shok holatida hozir. Do‘konlarda ayrim tovarlar yo‘qolgan. Meni o‘zim ham do‘konga boraman, peshtaxtalar bo‘shab qolgan deya olmaymanu, ayrim mahsulotlar yo‘qolgan. Sababi do‘kon yoki do‘konlar tarmog‘i mahsulot yetkazib beruvchilar bilan yangi joriy etilgan soliq shartlarini kelishilmagan. Ishlab chiqaruvchilar soliq oshganidan so‘ng narxlarni oshirgan, bunday narxga do‘kon egalari rozi bo‘lmayapti, so‘zlashuvlar ketayapti, - deydi Yuliy Yusupov.


Soliq mutaxasislariga ko‘ra, QQS- bilvosita soliq hisoblanib, QQS summasi mahsulot qiymatiga kiritiladi va shu bois uning haqiqiy to‘lovchisi mahsulot ishlab chiqaruvchi emas, balki shu mahsulotning oxirgi iste’molchisi hisoblanadi.


O‘zbekiston hukumati QQSga byudjetni to‘ldirishning asosiy manbasi sifatida qaramoqda. O‘zbekistonning 2019 yil uchun belgilangan davlat byudjeti parametrlarida QQSning ulushi 35 foiz qilib belgilangan.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media









103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России



Топ 10 новостей последнего часа



Rss.plus


Новости России







Rss.plus
Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России