Добавить новость
World News

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Tojikistondan narkotiklar o‘tishi ustidan nazorat kuchaydi. Mashinalar chegarada soatlab tekshirilmoqda

Samarqand viloyatining Tojikistonning Panjakent tumani bilan chegaradosh Jartepa o‘tkazish punkti bojxonachilari har bir yengil mashinani 3-4 soatlab tekshiruvdan o‘kazmoqda.


Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilgan tojikistonlik haydovchilar iddaosicha¸ o‘zbek  bojxonachilari mashina g‘ildiraklari, gaz to‘la ballonlarini yechishga, zaxira g‘ildirakning damini chiqarib, ochib ko‘rsatishga majburlamoqda.


Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Ozodlik gaplashgan  mulozimi, haydovchilar shikoyati o‘rinli ekanini e’tirof etgan holda¸ tekshiruvlarning Tojikistondan kelayotgan narkotik moddalar kontrabandasi yo‘lini to‘sish uchun kuchaytirilganini bildirdi.


Ozodlik gaplashgan panjakentlik haydovchilardan biri¸  har oy  O‘zbekistonga kamida besh-olti marta yo‘lovchi tashishini aytadi.


Bojxonadan o‘tishda muammoga uchrashdan cho‘chib¸ shaxsi sir qolishini so‘ragan bu suhbatdosh ¸ soatlab tekshiruvlarning mart oyidan boshlanganini bildirdi.


“Yetti oydan buyon har oyda 60 dollar bojxona to‘lovi qilib, O‘zbekistonga qatnayman. Kimnidir kasalxonaga, kimnidir aeroportga olib chiqaman. Chegaralarimiz ochilib¸ juda ham xursand bo‘lgan edik. Bojxonachilar har bir mashinani 15-20 minut tekshirib, o‘tkazib yuborardi. Mart oyidan boshlab, sharoit o‘zgardi. Har bir mashina kamida 3-4 soat tekshirilayapti”.




​Bu haydovchi, bojxonachilar mashinaning qo‘lda yechish imkoni bo‘lgan hamma joyini ochib ko‘rsatishni talab qilayotganini aytadi.


“Har bir mashinani boksga kiritadi. Keyin, eshiklarning obshivkasini, o‘rindiqlarni yechasan¸ deydi. Ularni yechib ko‘rsatganimizdan keyin, to‘rtta g‘ildirakni yechtiradi. Zapaskani ochib ko‘rsat, deydi. Bu ham yetmagandek, gaz to‘ldirilgan ballonlarni ham yechasan, deydi. Axir, mumkinmas, bu texnika xavfsizligiga qarshi desak ham, ustimizdan masxara qilib, yechtiradi. Ana shunaqa qilib 3-4 soatdan bojxonada qolib ketayapmiz. Tunov kuni aeroportga odam olib ketayotgan edim, ular kech qolishini bilib, taksida ketaveringlar, dedim. Nahotki, shunday katta bir bojxona postida mashinalarni tekshiradigan apparati bo‘lmasa?”




​Ismi sir qolishini so‘ragan yana bir haydovchi O‘zbekistonga kiradigan boshqa o‘tkazish punktlarida vaziyat bunday emasligini bildirdi.


“Men, Bekoboddan ham, Oybek postidan ham ko‘p o‘tganman. U postlarda mashinani narkotik modda, o‘q-quroldan tekshirib ko‘radigan apparatdan shunday o‘tkazadi, tamom. Jartepa postida esa avval itni iskatib tekshiradi, bu ham yetmagandek, yana hamma joyini ochtirib tashlaydi. Ba’zi, bojxonachilar yaxshi, o‘zlari yordam berib turadi. Lekin bitta Shurik degani bor, boshingda masxara qilib, u yoqni yech, bu yoqni yech deb izdevatsya qiladi. Yaqinda yurolmaydigan bir kasalni olib ketayotgan edim, o‘shani tushirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Yaxshiyam, boshqa bojxonachilar oraga kirdi. Hozir bojxona oldida har kuni 15-20ta mashina navbat bo‘lib qolayapti”




​O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Samarqand viloyati boshqarmasi mulozimi, Ozodlik bilan suhbatda haydovchilarning shikoyatlari o‘rinli ekanligini aytdi.


“Bu bor gap. To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda narkotik moddalarning O‘zbekistonga kirib kelishiga qarshi nazoratni kuchaytirganmiz. Jartepa o‘tkazish posti hozircha avtomobillarni skaner qiladigan moslamaga ega emas. Tojikistonlik haydovchilar uch-to‘rt soatlab chegarada qolib ketayotgani haqida bizga ham shikoyat qilgan. Avtoluovlarni ichkarisigacha skaner qiladigan apparatlar bilan ta’minlanishini so‘rab, biz qo‘mitaga rasman murojaat qilganmiz. Yaqin orada bu muammo hal bo‘ladi va tojikistonlik mehmonlarimiz uzoq kutib qolmaydi, deb umid qilaman”, dedi boshqarmaning o‘zini tanishtirmagan mulozimi.


Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan narkotik moddalarning bir qismi Tojikiston orqali qo‘shni davlatlarga va undan keyin Rossiyaga o‘tkaziladi.


O‘zbek-tojik chegarasida narkotik moddalarni tashuvchi kuryerlar qo‘lga olingani haqida ozodlik xabar bergan edi.


20 may kuni Ozodlik 100 dan oshiq sement ortilgan fura o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi Do‘stlik bojxona postidan O‘zbekistonga kiritilmayotgani haqida xabar bergan edi.


Xuddi shu kuni O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegarasidagi Olot-Farob bojxona postida turk shirkatlariga oid 50 dan ziyod yuk mashinasi va ularning 100 ga yaqin haydovchisi 29 kundan beri Turkmanistonga o‘tkazilmay O‘zbekistonda turgan edi.


Hozircha O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi bu jarayonlarga oid rasmiy izoh berganicha yo‘q.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media









103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России



Топ 10 новостей последнего часа



Rss.plus


Новости России







Rss.plus
Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России