Добавить новость
World News



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Maktab rahbariyati o‘quvchi kaltaklanganini yashirishga urinayapti (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan videolardan birida o‘quvchi bolaning yig‘lamsirab o‘tirib, o‘qituvchisi urganini gapirib bergani aks etgan. 

Ozodlik aniqlashicha, voqea bir hafta oldin bo‘lgan, videodagi o‘quvchi Andijon viloyati Asaka tumanidagi 30-maktabda o‘qiydi.

Ozodlik surishtiruvi davomida maktab rahbariyati dastlab kaltaklash voqeasini tasdiqladi, biroq keyinchalik uni haspo‘shlashga urindi.



Tarmoqlarda “3-sinf o‘quvchisi o‘qituvchisi tomonidan kaltaklandi” sarlavhasi ostida tarqalgan 2 daqiqalik videoda bir bolaning yig‘lamsirab o‘tirib, shimini tikayotgani aks etgan. Uni kadr ortida kimdir savolga tutadi. Savol-javoblardan anglashilishicha, o‘quvchi maktabda sinfdoshlaridan biri bilan janjallashib qolgan va janjal ustiga kelgan, o‘qituvchisi uni urgan.


“Shapaloq soldi ikki marta”, deydi bola yig‘lamsirab.


Videodagi suhbatdan ma’lum bo‘lishicha, bolaning oilasi kambag‘al bo‘lib, uning maktabga kiyadigan yagona shimi ham sinfdoshi bilan janjal payti yirtilgan.


Video davomida bola yana o‘qituvchisini yozg‘iradi:


“Meni ko‘ppak dedi. Nima haqqi bor, meni haqorat qilishga, urishga? Geografiya darsiga kirishdan ko‘nglim qoldi”.   


7 oktabr kuni Ozodlik o‘tkazgan surishtiruvlari natijasida videodagi bola Andijon viloyat, Asaka tumanidagi 30-maktabda o‘qishi ma’lum bo‘ldi. Biroq u 3-sinfda emas, 7-sinfda o‘qiydi.


Voqea tafsilotlaridan xabardor 30-maktab xodimlaridan birining aytishicha, voqea bir hafta avval geografiya darsida sodir bo‘lgan.


“Sinfdoshlar orasida kelishmovchilik chiqib, janjallashib qolishgan. Janjal ustiga kelgan geografiya o‘qituvchisi o‘sha bolaga bir- ikki shapaloq tushirgan. O‘zi keyingi payti geografiya o‘qituvchisi ustidan nimagadir shikoyat ko‘payib ketdi. O‘tgan oy ham 5-sinf o‘quvchisining ota-onasi “geografiya o‘qituvchisi bolamni urdi deb, zavuch oldiga shikoyat qilib kelishgandi”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz 30-maktab xodimlaridan biri.


30-maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha mudiri Sharifa opa (Familiyasi Ozodlikka ma’lum emas) geografiya o‘qituvchisi N. E. ustidan sentabr oyining boshida ota-onalardan biri tomonidan shikoyat bo‘lganini tasdiqladi. Biroq o‘tgan haftadagi kaltaklash voqeasidan bexabarligini aytdi.


Ozodlik N. E.ning mobil telefoniga 7 oktabr kuni bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi. Biroq go‘shakni hech kim ko‘tarmadi.


Maktab direktori Gulchehraxon Mirzaahmedova 7 oktabr kuni dastlab kaltaklash voqeasini Ozodlikka tasdiqladi.


“Hozirgina ko‘rdim videoni. N.ni kabinetimga chaqirtirdim. Mana o‘zi ham kirib keldi. Bolaning ota-onasini ham chaqirtirdim. Hozir hammasini hal qilamiz. Birpas turib, qo‘ng‘iroq qiling”, dedi Gulchehraxon Mirzaahmedova.


Biroq oradan “birpas” o‘tib ham, bir soat o‘tib ham Mirzaahmedovaning o‘chirilgan telefoni yoqilmadi.  


“Birpas” dan keyin nima bo‘lganini voqea tafsilotlaridan xabardor asakalik yigit Ozodlikka yetkazdi.


“Maktab rahbariyati kaltaklash voqeasini yo‘qqa chiqarishga harakat qilayapti. Bolani videoga olgan odamni topib, unga bosim qilishibdi. Uning uyiga o‘qituvchilar bostirib, borib, videoni Internetdan olib tashlashni buyurishibdi”, dedi asakalik yigit.


Joriy yilda Xalq ta’limi vazirligi yo‘lga qo‘ygan maktablarda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyiha 30-maktabda ham yo‘lga qo‘yilgan. Buni 30-maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha mudiri Sharifa opa ta’kidladi.


“Hamma o‘qituvchi bilan gaplashilgan. O‘quvchilarga zo‘ravonlik qilishga hech bir o‘qituvchining haqqi yo‘q. Hatto ulardan kafolat xatlarigacha olganmiz”, dedi Sharifa opa.


Vazirlik rasmiy saytida aytilishicha, “Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi”, deb nomlangan loyiha shu yilning fevralida boshlangan.   


Aytilishicha, bu loyiha 2019-2020 yillarda amalga oshiriladi va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan o‘quv materiallari O‘zbekiston sharoiti va qonunchiligiga moslashtiriladi. Loyihada yevropalik mutaxassislar ham ishtirok etishi aytilgan.​


Maktablardagi zo‘ravonlik


O‘zbekiston maktab va kollejlari hamda bolalar bog‘chalarida o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarni o‘qituvchilar kaltaklagani haqida Ozodlik ilgari ham xabar bergan.​


Joriy yilning 18 sentabr kuni Chelak shahridagi (Samarqand viloyati) 79- o‘rta maktab, 3- sinf o‘quvchisi sinf rahbari tomonidan kaltaklangani yuzasidan uchastka noziri hamda Payariq tuman xalq ta’limi bo‘limi tekshiruv boshladi.




 


Avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 141-maktabning 9-sinfida o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini urayotgani aks etgan videoni Ozodlik e’lon qilganidan so‘ng o‘qituvchi ishdan haydaldi.




 


4 aprel kuni esa Xorazm viloyati Xazorasp tumani Pitnak shahridagi 3-son o‘rta maktabning 6-sinf o‘quvchisi Doston Sultonov "Milliy istiqlol g‘oyasi fani"dan dars beruvchi o‘qituvchisi kaltaklab, tan jarohati yetkazgani haqda Ozodlikka shikoyat qilgan edi. Zo‘ravon o‘qituvchi bir hafta o‘tib ishdan olindi.






Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi sport maktab internati sport murabbiysi esa mart oyida o‘quvchini urib komaga tushirgani ortidan jazoga totildi.




 

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media









103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России



Топ 10 новостей последнего часа



Rss.plus


Новости России







Rss.plus
Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России