Qoraqalpog‘iston: Qonli namoyishlardan bir oy o‘tib ko‘plab savollar ochiq qolmoqda
O‘tgan oy boshida O‘zbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston maqomining o‘zgartirilishiga qarshi ommaviy norozilik chiqishlari xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilgandi. Nukus voqealari mustaqil O‘zbekistonning yangi tarixida 2005-yil mayidagi Andijon qatliomidan keyin eng qonlisi bo‘ldi. O‘zbekiston rasmiylari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 1-2-iyul kunlari Nukusda tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyishlari chog‘ida 21 kishi halok bo‘lgan, huquq-tartibot idoralari xodimlari doxil 243 kishi yaralangan. Читать дальше...