Buzmoq yo ta’mirlamoq — shudir masala. Aholi nega Yangioboddagi musiqa maktabini saqlab qolishni so‘ramoqda?
Chaykovskiy nomidagi musiqa maktabi Yangiobodning diqqatga sazovor joylaridan. O‘tgan asrning 50−90 yillarida bino o‘zining asosiy vazifasini bajargan. 2000-yillardan boshlab u qarovsiz qolib, qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelmoqda. “Gazeta.uz” maktabning taqdiri va uni saqlab qolishga urinishlar haqida hikoya qiladi.