Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
![Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi](https://www.gazeta.uz/media/img/2023/11/7it3ek17001302542122_b.jpg)
Deputatlar Soliq kodeksining “qotil” nomini olgan 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 700 mlrd so‘m jarima solingan.