Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi
![Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/04/vCn4zK17133446304596_b.jpg)
Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi.