Toshkentda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi
![Toshkentda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/04/TtP0ju17133522678818_b.jpg)
Yangihayot tumanida janjal bo‘layotgan xonadonga borgan profilaktika inspektorini mast holdagi uy egasi pichoqladi. IIB xodimiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Holat bo‘yicha uy egasiga jinoyat ishi ochildi.