1-iyuldan parranda go‘shti eksportidagi barcha cheklovlar bekor qilinadi
1-iyuldan parranda go‘shtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda cheklovlar bekor qilinadi. 1-oktabrdan yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shtini olib kirishda bojxona boji imtiyozi bekor bo‘ladi. 2030-yilgacha soha tadbirkorlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etiladi.