Yakutskda markaziy osiyolik mehnat muhojirlari o‘zaro mushtlashdi (VIDEO)
Yoqutistonning qurilish maydonchalaridan birida 15 iyun kuni mehnat muhojirlari orasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi. Videotasvirga olingan janjal turli pudratchi tashkilotlar ishchilari orasida bo‘lgani xabar qilinmoqda. Ba’zi mahalliy nashrlarga ko‘ra, insident ishtirokchilari markaziy osiyolik mehnat muhojirlaridir.