O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi rahbari ustidan ish sudga oshdi
Davlat mulkini talon-taroj qilganlikda ayblanib qo‘lga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining rahbari Omonullo Yunusov ustidan tergov yakunlangani ma’lum bo‘ldi. Ozodlikka sizdirilgan hujjatlarda, “tergov davomida Yunusov agentlik hisobchisi Dilfuza Usmonova bilan til biriktirib, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining mablag‘larini talon-taroj qilgani, agentlikka 229 million 534 ming 385 so‘m miqdorida ziyon yetkazgan”i aniqlangani aytiladi.