Minor masjididagi xatmga 5 mingdan ortiq namozxon yig‘ildi (VIDEO)
Toshkentning markaziy masjidiga aylangan Minorda shanba kuni yakunlangan Qur’on xatmiga 5 mingdan ortiq namozxon yig‘ildi. Ijtimoiy tarmoqlarda taassurotlarini ulashayotgan namozxonlar ayni masjidda Qur’on xatmi va taroveh namoziga bu qadar katta jamoat yig‘ilmagan edi, demoqdalar.