Andijonda rejadan ortiq bug‘doyini hokim tortib olgan fermer o‘zini osgani iddao qilindi
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Cho‘nbog‘ish Qutbiddin” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Husniddin Rajabov hamkasblarining iddao qilishicha, u 21 iyun kuni o‘zini osib qo‘ygan. Ularga ko‘ra, Rajabov rejadan orttirgan va ishchilariga taqsimlash niyatida olib qo‘ygan bug‘doyini tuman hokimi tortib olgandan so‘ng, o‘z joniga qasd qilgan.