YouTubega klip qo‘yish uchun ham "O‘zbekkonsert"dan ruxsat olish tizimi joriy etildi
1 iyuldan boshlab o‘zbekistonlik xonandalar o‘z kliplarini YouTube videoportaliga joylashtirish uchun "O‘zbekkontsert" davlat muassasasi qoshida tashkil etiladigan badiiy kengashdan ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Aks holda¸ qo‘shiqchi litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkin.