Turkiyadan qochqinlik so‘ragan o‘zbekistonlik muhojir Toshkentga yuborilishidan qo‘rqmoqda
Shu oy boshida Turkiyaning Suriyaga chegaradosh G‘oziantep shahrida "mamlakat uchun xavfli shaxs" sifatida qo‘lga olingan va hozirda muhojirlik bo‘limida ushlab turilgan 48 yoshli Bahriddin Xudoynazarov yaqinlarining Ozodlikka aytishicha¸ Turkiyada qochqinlik izlovchi shaxs maqomida yashab kelgan muhojir o‘zining O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinish xavfi borligi haqida xat chiqargan.