Farg‘onada fermer rejadan ortgan bug‘doyini o‘rib ololmayapti, kombaynlar “hibs”ga olindi
Farg‘ona viloyati Furqat tumani ichki ishlar xodimlari fermerlarning kombaynlarini “hibs”ga oldi. Bu haqda xabar bergan fermerlarning aytishlaricha, garchi ular rejani 110-120 foiz qilib bajargan bo‘lsa-da, lekin tuman hokimi fermerning o‘ziga qoladigan bug‘doyini ham o‘rdirishga ruxsat bermayapti. Yozning saratonida qaqshab pishgan bug‘doy hosili to‘kilib ketmoqda. Rasmiylar bu viloyat hokimining topshirig‘i ekanligini aytmoqda.