Ish va’dasi bilan Istanbulga keltirilgan qizlar o‘zbek “mama Roza”si qo‘liga tushdi
Turkiyada bola boquvchilik qilasan¸ deb 5 iyul kuni Toshkentdan Istanbulga olib kelingan urganchlik qizlar aeroportdayoq fohishalar tarmog‘ini yurituvchi xorazmlik ayol qo‘liga tushdi. Turkiya politsiyasi va Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulligi voqea tafsilotini o‘rganishni va’da qildi.