Oltinsoy hokimi bog‘bon fermerlarga bug‘doy solig‘i soldi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi lalmi yerlarda uzum yetishtiradigan fermerlarga qisqa muddat ichida g‘alla qabul qilish punktiga 300 kilogrammdan bug‘doy topshirish vazifasi yuklatildi. Bu haqda xabar bergan fermerlarning aytishlaricha, tuman hokimligidan har bir fermerga telefon qilgan mulozim, hokimning topshirig‘ini bajarish shart ekanligini ta’kidlagan. Tuman Fermerlar kengashi ham bu xabarni tasdiqladi.