Rossiya vatandoshi bo‘lishni orzu qilgan "abadiy o‘zbek" Anvar Zufarov hikoyasi (VIDEO)
Rossiya prezidentining aholi bilan “jonli muloqoti” davomida Vladimir Putinga murojaat qilgan o‘zbekistonlik muhojirga vaqtinchalik yashash guvohnomasi berilishi va’da qilindi. Pskov shahrida qo‘nim topgan va fermerlik qilayotgan o‘zbekistonlik Anvar Zufarov to‘rt farzandi va ayoli rossiyalik bo‘lishiga qaramasdan ko‘p yillardan beri grajdanlik ololmayotganidan arz qilib keladi.