"Amerikadan qaytib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2 yilda tiklab berishga tayyorman"
Ozodlikning Portal rukniga Amerikadan murojaat qilgan 43 yashar Akrom Mahmudov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ikki yilda tiklanishiga ishonadi. Bu boradigi takliflarini prezident Mirziyoevning virtual qabulxonasiga yo‘llagan Akrom agar taklif qilishsa, O‘zbekistonga qaytib, buni amalda isbot qilishga ham tayyorligini ta’kidladi.