Muhojirni pichoqlagan "millatchi"ga 10 ming rubl jarima solindi
Rossiyaning Moskva shahri Bobruyskiy tumani sudi 25 yoshli o‘zbek muhojirini chavaqlab ketgan smolensklik yigitni “mayda bezorilik uchun” 10 ming rubl yoki 165 dollarlik jarimaga tortdi va sud zalida ozod qildi. Ozodlik bilan suhbatda 25 yashar Abduhakim va uning himoyachilari sudyaning bu qaroridan hayratga tushganini bildirdi. Jinoyatda aybdor deb topilgan 20 yashar smolensklik Vladislav Valuev sud mahkamasida o‘z harakatlarini “aynan o‘zbek va tojiklarni yomon ko‘rishi” bilan izohladi.