Peterburgda sodir bo‘lgan yong‘inda o‘lgan 7 o‘zbekning ismlari ma’lum bo‘ldi (VIDEO)
Sankt-Peterburgning Kolpino tumanidagi sanoat zonasi hududida 13 iyulga o‘tar kechasi yonib ketgan angardan 7 kishining jasadi topildi. TASS agentligi o‘lganlarning hammasi O‘zbekiston vatandoshlari ekanini xabar qildi. Ozodlik o‘z manbalaridan o‘lganlar orasida Ro‘zmat X., Suraj H., Ilyos B., Zoir O., Shahzod Ya., Yunus B. va O‘tkir ismli o‘zbekistonliklar bo‘lishi mumkinligini aniqladi.