Samarqandda xorijdan yuborilgan pul jo‘natmalarini olish qiyinlashdi
Samarqand shahrida odamlar xorijdan yuborilgan pul jo‘natmalarini o‘z vaqtida ololmay, sarson bo‘lyapti. Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilgan samarqandliklar banklarning oldida tumonat odam yig‘ilganini, ba’zan kuni bilan navbatda turishayotganini aytishyapti. Bank mutasaddilari bu holatni shahardagi xorijdan keladigan pul jo‘natmalarini beradigan bir qancha minibank o‘z faoliyatini to‘xtatgani bilan izohlamoqda.