Boris Nemsovni o‘ldirganlikda ayblangan 5 kishi uzoq muddatlarga qamaldi
Moskva okrug harbiy sudi rossiyalik siyosiy muxolifat yetakchisi Boris Nemsovni otib o‘ldirganlikda ayblanayotgan besh kishi ustidan hukm chiqardi. Nemsovga o‘q uzgan Zaur Dadaev 20 yilga, Tamerlan Eskerxanov 14 yilga, Anzor va Shadid Gubashevlar – 19 va 16 yilga, Hamzat Baxaev – 11 yilga qattiq rejimli koloniyada jazo o‘tashga hukm qilindi.