Stiv Sverdlov: O‘zbekistonga kiritilishim to‘g‘risidagi bayonot men uchun yangilik bo‘ldi
Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qilish xalqaro tashkiloti delegatsiyasiga 7 yillik
tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga kirishga ruxsat berildi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bryusselda o‘tgan “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.