Samarqand hokimi odamlarni paxta terimga majburiy chiqarishni buyurdi
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘raev 1 avgust kuni kechasi soat 10 da viloyatdagi korxona, tashkilotlar, byudjet idoralari rahbarlarini chaqirib, shoshilinch yig‘ilish o‘tkazgan. Ushbu yig‘ilishda ishtirok etgan rahbarlardan birining aytishicha, hokim sentabr oyida boshlanadigan paxta terimi kampaniyasi uchun 50 kishilik otryadlar tuzishni, barcha tashkilotlar rahbarlariga terimga odam chiqarishni buyurgan.