Diniy idora vakili: “Hijobga ruxsat berilmagan!”
O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarining Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan yig‘ilishda ayollar ro‘moli haqidagi savollarga javobi ijtimoiy tarmoqlarda bahsu-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mulozimning “ro‘mol – diniy libos emas” degan gapini xushxabar sifatida qabul qilib, o‘z xursandchiligini izhor etmoqdalar. Ammo, Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili, bu yig‘ilishda hijob haqida emas, o‘zbek ayollari o‘rab yuradigan oddiy ro‘mol haqida gap borganini aytmoqda.