Rustam Sa’diev: “O‘zbekkino”ning avvalgi rahbarlari meni sudga bermoqchi edi
"Panoh”, "Yig‘lamagin”, "O‘gay ona”, "Baron" kabi o‘nlab filmlarni suratga olgan o‘zbekistonlik taniqli kinorejissyor Rustam Sa’diev Ozodlik bilan suhbatda "O‘zbekino" pullarini talon-taroj qilgani haqidagi matbuotda tarqalgan xabarlarni rad qildi. 24 avgust kuni "Darakchi" gazetasi “O‘zbekkino” milliy agentligi Rustam Sa’dievni "Baron" filmini suratga olish uchun davlatdan olgan pullarni qaytarmaganlikda ayblab, sudga bergani haqda xabar qilgan edi.