Qirg‘izistonda terrorchilikda gumonlanganlar otib o‘ldirildi
Chuy viloyatining Jayil tumanida 29 avgust kuni ertalab Milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘tkazgan maxsus amaliyot paytida terrorchilikda gumonlangan ikki shaxs otib o‘ldirildi, bir gumonlanuvchi yaralandi. Milliy xavfsizlik xizmatining bildirishicha, 24 avgust kuni Bishkekda “Nissan Presaj” avtomashinasini yo‘l patrul militsiyasi to‘xtatishga harakat qilgan.