Devalvatsiya nima? O‘zbekistonda devalvatsiya bo‘lsa, kimga foyda¸ kimga zarar yetadi?
Ozodlikning O‘zbekiston bank-moliya tizimidagi manbalariga ko‘ra¸ shu kunlarda Markaziy bankning qattiq valyutalarga nisbatan so‘m rasmiy kursini keskin pasaytirishi – devalvatsiya qilishi kutilmoqda. Markaziy bank bunday jiddiy qarorga kelgan taqdirda¸ oddiy odamlarning kundalik hayotida nima o‘zgaradi? Devalvatsiya bozordagi narx-navoga qanday ta’sir qiladi? Bunday qadamdan kim yutadiyu kim yutqizadi?