Shavkat Mirziyoev: Biz bu kunni 25 yil kutgan edik!
Prezident Shavkat Mirziyoev Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida hamkasbi Atambaev bilan uchrashuvdan so‘ng “xalqimizning orzu-niyatlari amalga oshadigan bu kunni biz 25 yil kutgan edik”, deb bayonot berdi. Shavkat Mirziyoev o‘zbek va qirg‘iz xalqiga tez kunda O‘zbekiston o‘z chegaralarini hech qanday to‘siqlarsiz bordi–keldi uchun ochishiga va’da berdi. Mirziyoev O‘zbekiston uzoq yillardan beri qarshi chiqib kelayotgan Qambarota GESi loyihasini Qirg‘iziston bilan birga amalga oshirishga hamda Xitoydan O‘sh orqali Andijonga avtomobil yo‘lini hamkorlikda qurishga tayyorligini bildirdi.