O‘zbekiston janubida ommaviy paxta terimi boshlandi
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida ommaviy paxta terimiga kirishildi. Mamlakatning shimoliy viloyatlarida esa paxta kech ochilgani sabab, ommaviy terim 10 sentyabrdan boshlanishi aytilmoqda. Ozodlikning ayrim tumanlardan olgan xabariga ko‘ra, hokimlar paxta terimiga byudjet tashkilotlari ishchilarini majburan jalb etishga kirishgan. Viloyatdagi oliygohlar talabalari ham har ehtimolga qarshi tayyor bo‘lib turish haqida ogohlantirilgan.