Yana bir o‘zbek milliarderi tarixiy vataniga qaytib ish boshladi
Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng o‘z tarixiy vataniga qaytib¸ turli biznes va xayriya loyihalari boshlagan xorijdagi o‘zbek milliarderlari yana bittaga ko‘paydi. Alisher Usmonov¸ Iskandar Mahmudov kabi Rossiyadagi o‘zbek milliarderlari ortida¸ Qozog‘istondagi rasmiy milliarderlardan biri Fattoh Shodiev ham O‘zbekistonda o‘z jamg‘armasini ochdi.