Telia shirkati sobiq rahbariga O‘zbekistonda pora berganlik aybi qo‘yildi
Shvetsiya prokurorlari Telia shirkati sobiq rahbari Lars Nyubergni O‘zbekistonda 3G telekom tarmog‘iga litsenziya olish uchun pora berganlikda aybladi. Kuni kecha bu shirkat Gulnora Karimovaga tegishli ko‘rilgan shirkatga por berishga oid da’voni hal qilish uchun qariyb 1 milliard AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘lgan edi.