O‘zbekistonda inson huquqlari arifmetikasi - uch odam kirdi -uch odam chiqdi
Ozodlikning Qurultoy eshittirishida jurnalist Solijon Abdurahmonov va huquq faoli A’zam Farmonovning ozod qilingani fonida ikki jurnalist va bir yozuvchi qo‘lga olinganini muhokama qildik.
O‘tkan haftada yozuvchi Nurilla Otaxonov va jurnalist Bobmurod Abdullaev konstitutsiyaga tajovuzda ayblanib qo‘lga olindi. Shuningdek O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra¸ jurnalist Narzulla Oxunjonov tovlamachilikda ayblanib hibsga olindi.
Qurultoy eshittirishi qatnashchilari bu ahvolni O‘zbekiston MXXsining “Mirziyoev uchun sahnalashtirgan spektakli” deb atashdi.