Jurnalist Bobomurod Abdullaev ishi doirasida 3 kishi qo‘lga olindi
“Hokimiyatni fitna yo‘li bilan bosib olish” va “O‘zbekistonda inqilob” qilishni rejalashtirganlikda gumon qilinayotgan 44 yashar jurnalist Bobomurod Abdullaevning ishi yuzasidan keyingi 10 kun ichida o‘nga yaqin kishi guvoh sifatida so‘roq qilingan va 3 kishi qo‘lga olingan. 27 sentabr kuni yo‘qolganidan uch kun o‘tib, Abdullaevning daragi, MXX hibsxonasidan chiqqan edi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi jurnalistni ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlash haqida 1 oktabr kuni ajrim chiqargan.