“Sado” guruhi asoschisi¸ bastakor va aktyor Vladimir Baramikov olamdan o‘tdi
O‘zbekistondagi ilk pop musiqiy gurux "KIBERGI" asoschisi¸ “Sado” ansambli badiiy rahbari¸ bastakor va kinoaktyor Vladimir Baramikov 13 noyabr kuni davomli xastalik ortidan Toshkentda olamdan o‘tdi. Baramikov yaqinlarining Ozodlikka aytishicha san’atkor 15 noyabr kuni Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn qilinadi.