Shvetsiya PEN-klubi Rashidovga bag‘ishlangan festival o‘tkazilishiga qarshi chiqdi
Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida 17-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan VI Yevroosiyo adabiyoti festivalida mahalliy kasaba uyushmalaridan biriga tegishli kichikroq zalda o‘zbek adibi Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” kitobi taqdim qilindi. Adib tug‘ilgan kunning 100 yilligiga bag‘ishlangan festivalning Nobel muzeyi yoki Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilishiga Shvetsiyadagi bor necha tashkilot¸ xususan Shvetsiya PEN-klubi qarshilik qildi