Rishtonda cholu kampir is gazidan zaharlanib nobud bo‘ldi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanining Qozi Ahror mahallasida istiqomat qilgan oltmish yoshlardagi eru xotin yettinchi yanvarga o‘tar kechasi is gazidan zaharlanib vafot qildi. Bu haqda xabar bergan rishtonlik inson huquqi himoyachisiga ko‘ra, er-xotin pechkada yonib turgan ko‘mirni olib tog‘oraga solib qo‘ygan. Ular bilan doim birga yotadigan nevarasi o‘sha kuni onasining uyida uxlab qolganligi tufayli falokatdan omon qolgan.