Andijonlik yigit ikki yosh bolasi, xotini va qaynsinglisini o‘ldirganlikda ayblanyapti
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiladigan 27 yashar er 31 dekabrga o‘tar kechasi o‘z uyida xotini, ikki bolasi va qayinsinglisini pichoqlab o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi. Ozodlikka 11 yanvar kuni ma’lum bo‘lgan bu voqea haqida xo‘jaobodliklardan biri xabar berdi. Ayni paytda, qotillikda ayblanayotgan er ichki ishlar tergovchilari tomonidan so‘roq qilinmoqda.