Shvetsiyada terrorchilikda ayblangan Oqilovga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
30 yanvar kuni Stokholmda boshlangan matbuot anjumanida prokuror Xans Ihrman O‘zbekiston vatandoshi Rahmat Oqilovni terrorchilikda aybladi. Rahmat Oqilov o‘tgan yilning aprelida Stokholmda piyodalar ustiga yuk mashinasini haydagan va bu hujumda 5 kishi o‘lgan edi. Prokuror unga umrbod qamoq jazosini so‘radi.