M. Eshonqulova: Facebook tarmog‘ida tanilgan Akrom Malikov (Abdulloh Nusrat) 6 yilga qamaldi
Huquq faoli Malohat Eshonqulova hisbdagi jurnalist Bobomurod Abdullaev ishiga aloqador ko‘rilgan 27 yashar tadqiqotchi olim Akrom Malikov (taxallusi: Abdulloh Nusrat)ni ozod etishini so‘rab, Mirziyoevga murojaat qildi. Faolning aniqlashicha, Malikov O‘zbekiston JKning 159, 244-moddalari bilan ayblanib, 2017 yilning 13 yanvarida 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.