Buxorodagi do‘koni buzilgan 600 tadbirkorga na pul¸ na joy berildi
Buxoroning bir yil oldin buzilgan “Dilkusho” dehqon bozoridagi do‘kon egalariga hokimiyat shu kungacha na tovon puli, na yangi do‘kon berdi. Biznesi barbod etilgan tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha, prokuratura va prezidentga qilingan murojaatlar natijasiz qolmoqda. Buxoro shahar hokimi Ozodlik bilan suhbatda bu muammoga tezda yechim topilajagini va’da qildi.