Taniqli hofiz Qodir Mirashurov 25 yillik taqiqdan keyin O‘zTVda chiqarildi
Tojikiston xizmat ko‘rsatgan artist¸ o‘tkan asrning 90-yillarida «Yorug‘ dunyo kerak menga», «Mirzo Boburman», «Nega kelmassan», «Ketma yonimdan», «Sarvinoz», «Atirgulim» kabi o‘nlab qo‘shiqlari bilan o‘zbek tomoshabinlari nazariga tushgan Qodir Mirashurov konserti 19 fevral kuni O‘ZMTRKning «Navo»telekanalida namoyish qilindi. Qo‘shiqchi O‘zbekiston telekanalida oxirgi marta 1993 yili qo‘shiq kuylagan edi.