Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek



Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Samarqandda 17 nafar abiturient apellyatsiyasi qabul qilinmadi

Samarqandda 17 nafar abiturient apellyatsiyasi qabul qilinmadi

Samarqand Davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshirgan 17 nafar abiturient, ijodiy imtihonlarning adolatsiz o‘tganligini iddao qilib, Ozodlikka bog‘landi.

Abiturientlarning aytishicha, 25 iyul kuni yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonda, domlalar ko‘rsatkichi past bo‘lgan abiturientlarga yuqori ball qo‘yib bergan.

Ko‘z o‘ngida o‘zidan kuchsiz bo‘lgan tengdoshlarini asossiz yuqori ball olganiga guvoh bo‘lgan abiturientlar, 1 iyul kuni Universitet qabul komissiyasi qoshida tashkil etilgan “Adolat komissiyasi”ga apellyatsiya berib, qaytadan imtihon olinishini talab qilgan.

Ammo, komissiya ularning shikoyatini rad qilgan.

Universitet qabul komissiyasi appelyatsiya topshirish muddati imtihondan so‘ng 24 soat bo‘lishi, bu vaqt o‘tgandan so‘ng shikoyatlar qabul qilinmasligini Ozodlikka aytdi.

Samarqand Davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga kirish uchun 25 iyul kuni 7-8 guruhda ijodiy imtihon topshirgan 17 nafar abiturient 2 avgust kuni Ozodlikka murojaat qilib, imtihonning adolatsiz o‘tganligini iddao qildi.

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan jismoniy madaniyat fakultetiga hujjat topshirgan Husan Azizovning aytishicha, imtihonda yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan abiturientlar qolib ketib, ularning ko‘z o‘ngida past ko‘rsatkich ko‘rsatgan bolalarga yuqori bal qo‘yilgan:

- Masalan menga 20 bal qo‘ygan, yonimizdagi guruhdagi yugurishdan ham o‘tolmay qolgan bolalarga esa 89-90 bal qo‘ygan. Bizning guruhimizdagi bir bola, voleybolda balandlikka 17ta otyapti, lekin unga 45ta qilib yozib qo‘yayapti. O‘zi eng ko‘p otgani 15-20ta otyapti. Faqat bitta bola 36ta otgan edi. Buni hammasini biz ko‘rib turibmiz, - dedi abiturient.

Husan Azizovga ko‘ra, 25 iyul kungi imtihonlarda kameralar bo‘lmagan:

- Hech qanday nazoratchi ham yo‘q edi. Faqat domlalarning o‘zi nazorat qilib, sekundomerlarni ham o‘zlari olivolgan. Nima xohlashsa, o‘shanday qilishdi, umuman adolat bo‘lmadi, - deydi abiturient.

Samarqand viloyatining Jomboy tumanidan o‘qishga kirish uchun kelgan 19 yashar Islom Yaramovning aytishicha, yugurishda undan keyin kelgan bola undan yuqori ball olgan:

- Biz yuz metrga yugurishda 25 ball olyapmiz, bizlardan qolib ketib, uchinchi o‘rinda kelgan bola 69 ball olyapti. Umuman bajarolmagan bola 84 ball olyapti! Har bir guruhdan 3-4 bolaga ana shunday erishilmagan yuqori ball qo‘yilganiga guvoh bo‘ldik. Imtihon olayotgan domlaga borib, nega bunday adaolasizlik qilyapsiz, deb norozilik bildirsak, bor ishingni qil, bo‘lmasa seni balingni ham pasaytirib qo‘yaman, deb do‘q qilyapti. Bu, biz qolgan imtihonlarni ham topshirmasak bo‘ladi, baribir o‘qishga kirolmaymiz, degani. Faqat bizning guruh emas, boshqa yuzlab bolalar ham imtihonlarning adolatsiz bo‘layotganidan dod deb yuribdi, - deydi Islom Yaramov.

Imtihonlar adolatsiz bo‘layotganini iddao qilgan abiturientlardan yana biri, 19 yashar Behruz Qahhorov Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan kelganini aytadi:

- 25 iyul kuni Dinamo stadionida imtihon bo‘ldi. Misol uchun, ming metrga chopishda, granata otishda, uzunlikka sakrashda mendan ancha past ko‘rsatkich ko‘rsatgan bolalarga 84-89 ball qo‘yishgan. Menga esa 49 bal berilgan. Men bugun normativlarni ko‘rib, hisoblab chiqsam, menga to‘g‘ri ball berilgan ekan. Lekin, mendan ortda kelgan, kam uzoqlikka sakragan bolalarga mendan qariyb ikki baravar ko‘p ball berilgan. Qaerdan keldi bu ballar? Ular bizdan kuchsiz bo‘lib o‘qishga kirib ketadiyu, biz esa qolib ketamizmi, endi?, - deydi Behruz Qahhorov.

Ozodlik suhbatlashgan yana 3 nafar abiturient ham imtihonlarda yaxshi yugurolmagan, yaxshi sakrolmagan, to‘pni kam otgan abiturientlar sirli tarzda yuqori ball olganini iddao qildi.

1 iyul kuni imtihonlar natijalaridan norozi bo‘lgan 17 nafar abiturient imtihonlarni qayta va xolis o‘tkazish talabi bilan Samarqand davlat universitetining Adolat komissiyasiga murojaat qilgan.

Abiturientlarning aytishicha, o‘zini tanishtirmagan komissiya raisi ularni qabul qilmagan va xohlagan joylariga arz qilishi mumkinligi haqida gapirgan.

Shundan so‘ng o‘ttizdan ortiq abiturientlarning Samarqand viloyati Xalq qabulxonasiga murojaat qilganini, lekin avval u yerda ularga tahdid qilinganini abiturientlardan biri aytdi:

“Xalq qabulxonasida, mayli arizalaringni qabul qilib olamiz, lekin tasdiqlanmasa, sizlar 15 sutkaga qamalishlaring mumkin, deb aytishdi. Biz, adolat istab keldik sizdan, bo‘lmasa prezident portaliga murojaat qilamiz deganimizdan so‘ng, arizamizni qabul qildi va bir oy ichida ko‘rib chiqilishini aytdi. Bir oy ichida hamma narsa tamom bo‘ladiku, desak, tartib shunaqa, deb javob berishdi”, deydi abiturientlardan biri.

Abiturientlar bundan tashqari DXX Samarqand viloyati boshqarmasiga va prokuraturasiga ham ariza bilan murojaat qilgan.

Ozodlik 2 avgust kuni Samarqand davlat universitetining qabul komissiyasi bilan bog‘landi.

Ismi-sharifini aytishdan bosh tortgan komissiya mulozimi imtihonlarni adolatsiz o‘tayotganini inkor qildi:

- O‘sha yerda uzluksiz ravishda hamma yerda kameralar ishlagan. Noto‘g‘ri ma’lumot berishgan sizga, hech qaerda bunaqa bo‘lmagan. Kelib, istalgan kunni zapisini bering deng, shunday beradi. 25 iyulning ham zapisi bor, - dedi o‘zini tanishtirishdan bosh tortgan mulozim.

Ozodlik suhbatlashgan abiturientlarning barchasi 25 iyul kuni "Dinamo" stadionida birorta ham kamera qo‘yilmaganini ta’kidladi.

Bu yil O‘zbekistondagi 60 ta Oliy Ta’lim muassasasi va uning 19 ta filialiga 675 mingdan ortiq abiturient hujjat topshirdi. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 54 mingga kamdir.

O‘zbekistondagi oliy ta’lim maskanlari (OTM) rektorlari ota-onalar va abiturientlarga murojaatnoma e’lon qilgan edi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytida chop etilgan murojaatda kirish imtihonlari arafasida korrupsioner "tovlamachi va firibgarlar"ga pora bermaslik so‘ralgan.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Уборка «Воды России» на краю земли



Мир

Россияне решили этим летом меньше отдыхать на курортах






Новости 24 часа

Пушинка из Космоса спасёт либо снесёт США? Научные важные данные. Проект «Святой Ленин».



Game News

Ubisoft adds another studio to what seems like an increasingly desperate effort to finally get Prince of Persia: The Sands of Time Remake finished



Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки



News Every Day

England vs Bosnia & Herzegovina: Three Lions face Dzeko and Co in Euro 2024 warm-up match – stream FREE, TV, team news



Настроение

Талантливый актер и неугомонный скандалист - несчастная судьба и ранний уход Николая Сектименко



Москва

Москва собирается «прибрать к рукам» все урановые месторождения Нигера



Юрий Башмет

В Новокуйбышевске открылась XIV Детская музыкальная академия Юрия Башмета



Москва

Свыше 520 тыс детей Подмосковья прошли профосмотры в школах с начала года



Новак Джокович

Джокович совершил суперкамбэк на Ролан Гаррос и установил абсолютный рекорд



Москва

История без фальсификации: Шемахи в первой половине XVIII века



Сергей Брановицкий

Студия Звукозаписи в Москве. Создание Песен, Музыки, Аранжировок.



Симферополь

Клубный дом "Моне" - особый статус в центре Симферополя



Москва

Хоккеисты из Красногорска завоевали бронзу на чемпионате Москвы и области



Москва

Сергей Собянин: Фестиваль «Рыбная неделя» посетили рекордные 4,5 миллиона человек



Москва

История без фальсификации: Шемахи в первой половине XVIII века



103news.com — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 103news.com.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.

Другие популярные новости дня сегодня


Новости 24/7 Все города России





Топ 10 новостей последнего часа




Новости России

Суд заочно арестовал экс-главреда Republic Колезева по делу о фейках о ВС России

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Путин сообщил о выполнении Ираном всех обязательств по ядерной сделке


Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки






Rss.plus

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Moscow.media
Москва

Собянин сообщил об открытии Мемориальной квартиры Пушкина



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Джиган

Григорий Лепс, Мот, Seville, MIA BOYKA, Джиган и другие гости презентации нового альбома Юрия Киселёва «Иду за мечтой»




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Педагоги школы №2065 вошли в ТОП-5 лучших туристских команд Москвы

Юные тулячки завоевали серебро и бронзу турнира по синхронному плаванию

Ученики школы №1354 одержали победу в финале Московской спартакиады молодежи допризывного возраста


Анастасия Потапова

Ролан Гаррос. Расписание 2 июня. Потапова и Швентек сыграют первым запуском, Синнер – последним



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


News Every Day

LeelooDolls: Revolutionizing the Sex Doll Industry



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России