Xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlidagi islohotlar izchil davom ettiriladi
Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻldi.