Bunaqasi boʻlmagan: forumni oʻtkazish boʻyicha hukumat qarori qabul qilindi
Mamlakatimizda ilk bor oʻtkaziladigan I xalqaro turizm investitsiya forumi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev Hindiston, Xitoy, Singapur, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarga tegishli yirik investitsiya kompaniyalari Oʻzbekistonda turli tipdagi sayyohlik infratuzilmalarni barpo etish boʻyicha qoʻshma loyihalarini ishlab chiqishga qiziqish bildirayotganini qayd etdi.