Assalomu aleykum,
Hurmatli va aziz oʻzbek qardoshlar!
Asa qұrmettі, Shavkat Miromonovich, jeke Өzіңіzge jәne Өzbekstan xalqыna jыlы shыraymen qarsы alыp, qonaqjaylыq kөrsetkenderіңіz үshіn zor algʻыs aytamыn.
“Qazaq pen өzbektің bazarы da bіr, mazarы da bіr” dep babalarыmыz beker aytpagʻan.
Yekі xalыqtың tіlі de, dіnі de, tagʻdыrы da, tarixы da bіrtұtas.
Xalqlarimiz Markaziy Osiyodagi koʻhna va buyuk tamaddun vorislaridir.
Biz koʻplab muhim sinovlarni birgalikda yengib, ajdodlarimiz anʼanalari, qadriyatlari va madaniy-maʼnaviy merosini saqlab qoldik.
Qozogʻiston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va samarali hamkorlik ushbu tarixiy doʻstlikning mantiqiy davomidir.
Keyingi yillarda qardosh va doʻst mamlakatlarimizning siyosiy, iqtisodiy, gumanitar aloqalari yanada yuksak bosqichga koʻtarildi.
Chegaradosh hududlar hamkorligi mustahkamlanib bormoqda, tovar ayirboshlash hajmi muttasil ortmoqda.
Shuni qatʼiy ishonch bilan taʼkidlashim mumkinki, bugungi kunda Qozogʻiston – Oʻzbekiston munosabatlarida muammoli masalalar mavjud emas. Aksincha, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga oʻzaro intilish mavjud.
Qozoq xalqi azaldan qardoshlik va doʻstlik rishtalariga sodiq, yaxshi qoʻshnichilikni qadrlaydi.
Biz doimo oʻzbeklarni oʻzimizga qonu qardosh bilganmiz va shunday hisoblashda davom etamiz.
Oʻzbek xalqi ham bizga nisbatan shunday iliq tuygʻular tuyayotgani bizga yaxshi maʼlum.
Qardosh xalqlarimizni yagona taqdir va umumiy kelajak bogʻlab turadi.
Biz asarlari Oʻzbekistonda diqqat bilan oʻrganiladigan ajdodimiz Xoʻja Ahmad Yassaviy bilan faxrlanamiz.
Qozoq huquqi ijodkorlari – ikki buyuk biy – Toʻlebiy va Oytekebiy Oʻzbekistonda mangu qoʻnim topgan.
Biz Toshkentga alohida iliq munosabatdamiz, zero atoqli qozoq ziyolilarining hayoti va faoliyati shu shahar bilan bogʻlangan.
Qozoq madaniyatini qoʻllab-quvvatlayotgani uchun Oʻzbekiston rahbariyatidan minnatdormiz.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisida”gi qarorida koʻzda tutilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildiraman.
Ulugʻ Abay biz, qozoqlarni qardosh oʻzbek xalqidan uning ezgu fazilatlari, ayniqsa, kamtarlik va mehnatsevarlikni oʻrganishga chaqirgan edi.
Qozogʻistonda muqim yashayotgan oʻzbeklar oʻz maʼnaviy, ijtimoiy ehtiyojlarini toʻliq qondira olishlari uchun barcha ishlarni qilmoqdamiz.
Mamlakatimizda deyarli barcha hududlarda ochilgan oʻnlab oʻzbek etnomadaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda.
Qozogʻistonda oʻzbek tili media sohasi, taʼlim tizimi, madaniy hayotda qoʻllanilmoqda. Ikkita oʻzbek teatri tomoshabinlar oʻrtasida muvaffaqiyat qozongan.
Mamlakatingizda doimiy ravishda yashab kelayotgan qozoqlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik uchun Oʻzbekiston rahbariyatidan minnatdormiz.
Hurmatli doʻstlar!
Biz haqiqatdan tarixiy voqealar guvohi va ishtirokchisimiz. Jahon siyosiy xaritasi oʻzgarib, unda davlatlarimiz munosib oʻrin egalladi.
Markaziy Osiyo mintaqasining muvaffaqiyatli iqtisodiy taraqqiyoti, barqarorligi va xavfsizligi koʻp jihatdan Qozogʻiston bilan Oʻzbekistonning yaqin hamkorligi va oʻzaro muvofiqlashgan saʼy-harakatlariga bogʻliq.
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari tufayli Qozogʻiston – Oʻzbekiston munosabatlari haqiqiy yuksalish davrini boshdan kechirmoqda.
Qozogʻistonda oʻtgan Oʻzbekiston yili yaqin aloqalarimizni mustahkamlashga xizmat qildi.
Uning doirasida 200 dan ziyod qoʻshma tadbirlar oʻtkazildi, ular orasida Chimkentda boʻlib oʻtgan birinchi Hududlararo forum alohida oʻrin egalladi.
Ikki tomonlama tovar ayirboshlashni 5 milliard dollarga yetkazishdan iborat maqsadimiz sari izchil harakat qilmoqdamiz.
Oʻzaro transport qatnovini faollashtirish borasida ish olib borilmoqda.
Mamlakatlarimiz tranzit-logistika infratuzilmasini rivojlantirish Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda.
Aziz oʻzbekistonlik doʻstlar!
Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili nafaqat ikki tomonlama munosabatlarimizda, balki butun Markaziy Osiyoda oʻzaro anglashuv va ishonch muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi oʻziga xos ulkan voqeadir.
Men mamlakatlarimizning nafaqat turkiy, balki butun jahon madaniyati durdonasi boʻlgan bosh maʼnaviy va tarixiy markazlarini oʻzaro bogʻlashni taklif etaman.
Turkiston, Samarqand va Buxoro shaharlarini bir yoʻnalish orqali tutashtirgan holda turizm klasterini ochish mumkin, deb hisoblayman.
Qadіrlі bauыrlar!
Ұlы Abaydың “Tatulыqtan artыq joldas joq” degen qanattы sөzі bar.
Qazaq pen өzbektің quanыshы da, mұңы da, maqsat-mұratы da bіr.
Ajdodlarimiz vasiyat qilgan qozoq va oʻzbek xalqlarining doʻstligi va hamjihatligini asrab-avaylash – umumiy burchimiz.
Өzbekstandagʻы Qazaqstan jыlыn ashыq dep jariyalaymыn!
Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilini ochiq, deb eʼlon qilaman!