Aholiga transport xizmati ko‘rsatish yangi bosqichda
Yurtimizda 117 yo‘lovchi avtovokzali va avtostansiyasi faoliyat olib bormoqda. Bugun Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga 133 yo‘nalishda 1 ming 456 avtobus xizmat ko‘rsatadi. Bular 645 “Mercedes-Benz”, 51 “MAN”, 752 “Isuzu” va 8 “Hyundai” rusumli avtobuslardir.